• Tizimdan foydalanuvchilar o'zlariga biriktirilgan “login” va “parol”larni ochiq va foydalanish
mumkin bo'lgan holatda saqlamasligi, boshqa shaxslarga oshkor qilmasligi va nazoratsiz
qoldirmasligi lozim;
• Tizimda foydalanish uchun o'ziga biriktirilgan shaxsiy qayd yozuvlari parollarini belgilangan
talablar asosida oyiga kamida bir marta o’zgartirib turishi lozim;
• Tizimda mavjud ma’lumotlarni hamda xizmat vazifasini bajarishda topshirilgan va ruxsat etilgan
ma’lumotlarni turli yo‘llar va vositalar yordamida o‘zboshimchalik bilan olib chiqib ketmasligi,
ruxsat etilmagan boshqa shaxslarga berib yubormasligi, tarqatmasligi hamda oshkor etmasligi
lozim;
• Foydalanuvchi tizimga kiritilgan va tahrirlangan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi
yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi hamda mavjud ma’lumotlarga o'zboshimchalik bilan
o'zgartirish kiritishga yo'l qo'ymasligi lozim;
Yuqorida qayd etilgan holatlar va talablarga amal qilinmagan yoki buzgan taqdirda O'zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga va “Navoiyuran” Davlat korxonasinida belgilangan ichki tartib
qoidalarga muvofiq javobgarlikka tortilishim to'g'risida ogohlantirildim.
Tasdiqlash